22 Iyun 2023 yil 5706

Uyining tomorqasida 64 tup “ko‘knor” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘yish maqsadida joriy yilning 1 may kunidan birinchi bosqichi boshlangan “Qoradori-2023” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida Xorazm viloyatida ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Bog‘ot tumani IIB xodimlaridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan joriy yilning 14 iyun kuni Bog‘ot tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, S.Q. ismli ayolning xonadoni va tomorqasi ko‘zdan kechirilganida, ushbu ayol uyining tormorqa yeriga tarkibida giyohvandlik vositasini saqlovchi 64 tup “ko‘knor” o‘simligini qonunga xilof ekanligi bilsada, ekib, parvarishlab kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Xozirgi kunda mazkur xolat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 64 tup “ko‘knor” o‘simligi esa, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech