Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz
Ayni kunlarda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Farmonini mukammal o‘rganish hamda kundalik xizmat faoliyatiga to‘g‘ri va to‘liq tadbiq etish yuzasidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, joriy yil 27 mart kuni viloyat ichki ishlar organlarining profilaktika (katta) inspektorlari ishtirok etgan seminar-treningda mazkur hujjatning huquqiy ahamiyati, uning mamlakatimiz ichki ishlar organlari faoliyatidagi tarixiy islohotlarni amalga oshirishda tutgan o‘rni yuzasidan Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida profilaktika (katta) inspektorlari “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini qalban his qilgan holda, xizmat faoliyatini amalga oshirishda mazkur Farmon mukammal dasturilamal bo‘lishini aytib o‘tishdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati