29 Aprel 2022 yil 511

Vazir o‘rinbosari Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi 

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni hal qilish maqsadida Xorazm viloyatida Prezident Administratsiyasi, xalq qabulxonalari, sud, Sudyalar oliy kengashi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlari ishtirokida sayyor ommaviy qabullar o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Jumladan, sayyor ommaviy qabullar 29 aprel kuni Hazorasp, Tuproqqalʼa  va Bog‘ot tumanlari aholisi uchun Hazorasp tumanining “G‘afur G‘ulom” mahalla fuqarolar yig‘inida hamda Urganch shahri va Xonqa, Urganch tumanlari aholisi uchun Xonqa tumani “Durvadik” mahallasidagi fermer ho‘jaligi shiyponida bo‘lib o‘tdi.

Bugun bo‘lib o‘tgan sayyor ommaviy qabulda ham respublika sud-huquq sohasi rahbariyati bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov ishtirok etib, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarini o‘rgandi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish, xizmatga qayta tiklash, shuningdek, ichki ishlar organlari ish yurituvida bo‘lgan hujjatlarning qonuniy hal etishga oid masalalaridan iborat bo‘ldi.

Har bir murojaatning tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi va qonuniy qaror qabul qilinishi qatʼiy nazoratga olindi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash jarayonida moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan hazorasplik J.Otajanovga 3-sektor hisobidan suv chiqarish nasosi yordam tariqasida topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech