Vazirlik ishchi guruhi Xorazm viloyatida
Bugungi kunda ichki ishlar organlarining jangovar shayligi, shaxsiy tarkibning maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, maxsus vositalar va o‘qotar qurollardan foydalanish ko‘nikmalari, shuningdek xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilim darajasini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yuqorida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan tuzilgan ishchi guruh ayni kunlarda Xorazm viloyatida faoliyat olib bormoqda.
Mazkur ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining kasbiy tayyorgarligi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar borasidagi faoliyatini o‘rganish hamda uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.
Shu bilan birgalikda shaxsiy tarkibning saf tayyorgarligi, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatilib, ichki ishlar bo‘linmalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha “mahorat darslari” o‘tkazildi.
O‘z navbatida ishchi guruh tomonidan ichki ishlar bo‘linmalari masʼul rahbarining kasbiy tayyorgarlik hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida faoliyati xolislik va adolatlilik tamoyillari asosida o‘rganilishi rejalashtirilgan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati