Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya taassurotlari
2020 yil 29 iyun kuni BMT Taraqqiyot Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar Ittifoqi, Gender tengligi komissiyasi va boshqa hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda yosh xotin-qizlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Karantin qoidalariga rioya qilgan holda, onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyada muhokama qilingan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash huquqiy asoslarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi: jahon va O‘zbekiston misolida”, “Xotin-qizlarning huquqlari kafolatlari, buzilish holatlari va amaliy chora-tadbirlar”, “O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi”, “Bitiruvchi qizlarni kasbga yo‘naltirish, kasb tanlashdagi asosiy muammolar”, “Ayollarning jamiyat va oiladagi o‘rni”, “Zamonaviy kasblar va ularning rivojlanishida xotin-qizlarning o‘rni”, “Xotin-qizlar bandligini taʼminlash hamda respublikamizda yosh xotin-qizlarning kasblar bo‘yicha tahlili” va “Siyosiy maydonga yosh xotin-qizlarning sifatli kadr zaxiralarini tayyorlash” kabi mavzular bo‘yicha konferensiya ishtirokchisi Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mayor D.Bog‘ibekova hamda katta inspektor leytenant F.Allamovalar ham viloyat studiyasida ishtirok etgan hamkor tashkilotlar vakillariga o‘zlarining bu boradagi fikr-mulohazalarini bildirdi.
Konferensiya yakunida mayor D.Bog‘ibekova va leytenant F.Allamovalar faol ishtiroki hamda viloyat hududida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlikda olib borayotgan samarali xizmatlari uchun Yoshlar ittifoqining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati