14 Mart 2022 yil 595

 "Xavfsiz va ravon yo‘l" tamoyili ijrosi sessiyada muhokama etildi

14 mart kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari qirq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi Farxod Ermanov boshqarib bordi.

Sessiyada viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.A.Bayxurazovning viloyatda “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech