Xiva shahrida sodir etilgan jinoyat jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
Har qanday jinoyatni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida shu kabi jinoyatlarni qayta sodir etilishini oldini olishda keng jamoatchilikning ishtiroki va masʼuliyatini oshirishdir.
Xiva shahrining “Do‘stlik” mahallasi hududida sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati Xorazm viloyati IIB va Xiva shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan tomonidan “Do‘stlik” mahallasida jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Dastlab, jinoyat tafsilotlari yuzasidan axborot berildi. Jumladan, Xiva shahar “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan shaxs, o‘zi bilan bir xonadonda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, kelinini o‘rtalarida kelib chiqqan nizo natijasida dazmol bilan bosh qismiga urib, og‘irlik darajasi bo‘yicha hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Bugungi kunda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi aytib o‘tildi.
Shundan keyin jinoyat sodir etilgan hudud, yaʼni Xiva shahri IIB masʼul xodimlari hamda gumonlanuvchi yashagan Xiva shahridagi “Do‘stlik” mahallasi fuqarolar yig‘ini raislari, ularning o‘rinbosarlari ham profilaktika inspektorlarining olib borilgan targ‘ibot-tashviqot hamda profilaktik chora-tadbirlar, shuningdek mahallabay, xonadonbay usulida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari hamda kelgusida bu kabi mudxish jinoyatlarning oldini olish borasidagi takliflari tinglandi.
Muhokama yakuniga ko‘ra o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan masʼul shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati