Xiva shahrida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi bo‘lib o‘tdi
10 noyabr kuni ertalab Xiva shahar IIB shaxsiy tarkibi shahardagi markaziy hiyobonga yig‘ildi. Xodimlarning barchasi bu gal xizmat kiyimida emas, balki, sport kiyimida to‘plandilar. Maqsad aniq, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport mashg‘ulotida ishtirok etish.
Ushbu sport mashg‘ulotida Xiva shahar Hokimi T.Davletov va shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik B.Otajanovlar bevosita qatnashib, ishtirokchilarga sardorlik qildilar.
Ishtirokchilardagi ko‘tarinki kayfiyat va inson tanasiga huzur bag‘ishlovchi ertalabki ob-havo mahalliy aholida ham ushbu sport mashg‘ulotida qatnashish istagini uyg‘otdi shekilli ular ham ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda 5000 qadam bosib o‘tishdi.
Sport tadbiri yakunida ishtirokchilar ertalabki badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullangach, yaxshi kayfiyat ila kundalik xizmat faoliyatini bajarishga kirishdilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati