9 Yanvar 2021 yil 903

Xiva shahridagi “Bolalar shaharchasi”da vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab harbiy vatanparvarlik oyligi davom etmoqda.

Mazkur oylik doirasida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi organlar tomonidan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy va hududiy tuzilmalari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ichki ishlar organlarining ijobiy imijini oshirish hamda tizimdagi kuch va vositalarning salohiyatini namoyish qilish maqsadida umumtaʼlim maktablari, mehribonlik uylari, litseylar va oliy o‘quv yurtlarida ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi viloyat IIB PPX va JTSB tomonidan Xiva shahridagi “Bolalar shaharchasi”da o‘tkazildi.

Tadbirda Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan xizmatda foydalanib kelinayotgan xizmat avtomobillaridan tortib, skuter, sigvey va ayrim turdagi maxsus vositalar namoyish etildi.

“Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilarining maxsus transportlar bilan yaqindan tanishishiga imkoniyat berildi.

Ayniqsa, PPX va JTSB Kinologiya xizmati xodimlari tomonidan xizmat itlari yordamida namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida “Bolalar shaharchasi” ga ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlarining sovg‘alarini topshirdilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech