Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi lozim
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasliqlangan reja-topshiriqqa asosan, Xorazm viloyati IIB hamda uning hududiy va sohaviy xizmatlarida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan manzilli va maqsadli chora-tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.
Shundan kelib chiqqan holda, viloyat IIB masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Hazorasp, Tuproqqalʼa va Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limlarida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar “xodimbay” tartibida o‘rganilmoqda.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov tomonidan tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishlarda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi.
O‘rganishlar jarayonida masʼul xodimlar tuman ichki ishlar bo‘limlarida xodimlarning faoliyat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning ish yurituvidagi hujjatlar bilan yaqindan tanishib, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga oid tavsiya va ko‘rsatma berdilar. Shu bilan birgalikda tuman ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibining jangovor shayligi ham ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek xodimlarning oilaviy ahvoli, qo‘ni-qo‘shnilari bilan o‘zaro munosabatlari bilan yaqindan o‘rganildi. Profilaktika inspektorlarining xizmat uylaridan foydalanish tartibi ham ishchi guruh eʼtiboridan chetda qolmadi, profilaktika inspektorining xizmat uyi mahallada yashovchi boshqa oilalar uchun “Eng fayzli xonadon” etaloni bo‘lishi kerakligi aloxida taʼkidlandi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati