Xodimlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotiga alohida eʼtibor qaratilgan
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi o‘rtasida kitobxonlik keng targ‘ib etilmoqda. Chunki kitob - barcha bilim va muvaffaqiyatlarning kalitidir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shundan kelib chiqqan holda kitobxonlik targ‘iboti masalasiga Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Bu boradagi ishlar viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda.
Mayor Yu.Hamdamova Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘iboti ishlarini olib borishga masʼuliyat bilan yondashadi. Xizmatga yangi qabul qilingan xotin-qizlarga o‘qishi uchun muhim bo‘lgan adabiyotlarni tavsiya qiladi.
U kitob o‘qib o‘z bilim va tafakkurini yuksaltirgan xotin-qizlar, nafaqat ichki ishlar organlari xizmati uchun foyda keltirishini, shu bilan birgalikda jamiyat va oila ravnaqi uchun ham juda muhimligini anglagan holda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Hayotingiz davomida o‘qigan eng yaxshi asar”, “Yoshlar va kitobxonlik madaniyati”, “Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi» kabi mavzularda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, shuningdek, xalqimizning sevgan shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kechalar, qiziqarli tanlovlar, kutubxonalar bo‘ylab sayohatlar, kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etib kelmoqda.
Viloyat IIB xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan o‘tkaziladigan turli uchrashuv suhbatlarning aynan boshqarma kutubxonasida o‘tkazilayotganligi esa, suhbatlarning tarbiyaviy ahamiyatini yana-da oshirishi shubhasiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati