14 Oktyabr 2021 yil 662

Xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan xodimlarning kasbiy malakasi va nazariy bilimlarini oshirishga qaratilgan  chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Xorazm viloyati IIB majlislar zalida ishchi guruh aʼzolari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv-seminari ham xodimlarning kasbga doir  bilimlarini oshirishga qaratildi.

Xususan o‘quv-seminar davomida xodimlarga portlovchi moddalarning turlari hamda ularni aniqlash va zararsizlantirish usullari, shuningdek mamlakatimizda faoliyati taqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan tushuntirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech