29 Noyabr 2021 yil 544

Xorazm viloyati bo‘ylab targ‘ibot avtokarvoni kezmoqda

Yo‘l-transport hodisalari bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki har yili yo‘l-transport hodisalari bir necha insonlarning o‘limiga, ko‘plab insonlarning nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘riladigan moddiy zarar esa har qanday oila uchun ortiqcha tashvish  hisoblanadi. 

Xorazm viloyatida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni yana-da kuchaytirishga qaratilgan maqsadli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday tadbirlar doirasida Xorazm viloyati bo‘ylab targ‘ibot avtokarvoni yo‘lga chiqdi.

Yo‘l-transport hodisasi tufayli ayanchli ahvolga kelib qolgan transport vositalari ortilgan evakuatorlardan iborat targ‘ibot  avtokarvoni viloyatning barcha shahar va tumanlari bo‘ylab olib o‘tiladi.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech