31 Mart 2022 yil 544

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yil 31 mart kuni  OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Bu galgi matbuot anjumani “Jinoyatdan holi hudud” va “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusi doirasida rejalashtirilganligi bois, jurnalist va blogerlarning savollariga Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati tomonidan batafsil javob berildi.

Shuningdek matbuot anjumani doirasida Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i tomonidan ishtirokchilar eʼtiboriga viloyatimizda jinoyat va huquqbuzarliklarni hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida  axborot berildi.

Ijtimoiy tarmoq blogerlari matbuot anjumani davomida muhokama qilingan xolatlardan kelib chiqib endilikda faqatgina sohadagi salbiy xolatlarni yoritish bilan cheklanib qolmasdan, keng jamoatchilik o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini hamda viloyatimizni jinoyat va huquqbuzarlikdan holi hududga aylantirish borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni targ‘ib etish borasida ham faol qatnashishlarini taʼkidlab o‘tdilar. 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech