21 Sentyabr 2022 yil 523

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yil 21 sentyabr kuni  OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Bu galgi matbuot anjumani “Xorazm viloyati ichki ishlar organlari tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” va “Yo‘l harakati xavfsizligini namunali tarzda tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar” mavzusi doirasida rejalashtirilganligi bois, jurnalist va blogerlarning savollariga Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.

Shuningdek matbuot anjumani doirasida Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik D.Bog‘ibekova  ishtirokchilar eʼtiboriga viloyatimizda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tgan bo‘lsa, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor N.Saidov viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berdi.

O‘z navbatida barcha bloger va jurnalistlar viloyatimizda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini aholi eʼtiboriga yetkazish borasida hamkorlikka taklif qilindi.

Ijtimoiy tarmoq blogerlari matbuot anjumani davomida muhokama qilingan xolatlardan kelib chiqib endilikda keng jamoatchilik o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini hamda viloyatimizni jinoyat va huquqbuzarlikdan holi hududga aylantirish borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni targ‘ib etish borasida ham faol qatnashishlarini taʼkidlab o‘tdilar.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech