Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida joriy yil 4 iyun kuni OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
Bu galgi matbuot anjumani “Xorazm viloyati ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” va “Yo‘l harakati xavfsizligini namunali tarzda tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar” mavzusi doirasida rejalashtirilganligi bois, jurnalist va blogerlarning savollariga Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshliqlari tomonidan batafsil javob berildi.
Shuningdek matbuot anjumani doirasida Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i J.Q.Sadullayev ishtirokchilar eʼtiboriga viloyatimizda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida “mahallabay” tartibda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik S.Q.Rahimov ko‘cha va jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tgan bo‘lsa, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik B.E.Masharipov viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berdi.
O‘z navbatida barcha bloger va jurnalistlar viloyatimizda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini aholi eʼtiboriga yetkazish borasida hamkorlikka taklif qilindi.
Ijtimoiy tarmoq blogerlari matbuot anjumani davomida muhokama qilingan xolatlardan kelib chiqib endilikda keng jamoatchilik o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini hamda viloyatimizni jinoyat va huquqbuzarlikdan holi hududga aylantirish borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni targ‘ib etish borasida ham faol qatnashishlarini taʼkidlab o‘tdilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati