Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligi o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishi talablariga muvofiq, Xorazm viloyati IIB tarkibidagi hududiy va sohaviy organlarning jangovar shayligi hamda xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish, shuningdek metodik va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, vazirlikning ishchi guruhi joriy yilning 12 sentyabr kuni o‘z faoliyatini boshladi.
Dastlabki kuni, Xorazm viloyati IIBning barcha boshqarma va shahar-tuman IIBlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tashkiliy bo‘lim boshliqlari ishtirokida jangovar shaylik, maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, maxsus vositalar va o‘q otar qurollardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 8 soatga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yakunida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan hududiy bo‘linmalarning jangovar shayligi hamda xodimlarining xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish ishlari davom etadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati