Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini o‘rganish davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishi talablariga muvofiq, Xorazm viloyati IIB tarkibidagi hududiy va sohaviy organlarning jangovar shayligi hamda xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini o‘rganish, shuningdek metodik va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, vazirlikning ishchi guruhi joriy yilning 12 sentyabr kuni o‘z faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Ishchi guruh faoliyatining ikkinchi kunida viloyatning Xiva shahri va Xiva, Qo‘shko‘pir hamda Shovot tumanlari IIB larining jangovar shayligi hamda shaxsiy tarkibining jangovar shaylik, maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, maxsus vositalar va o‘q otar qurollardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 8 soatga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yakunida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.
Ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati