Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2021 yil 21 oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida maʼnaviyat va maʼrifat darslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 400-sonli buyrug‘iga asosan, ichki ishlar organlari xodimlari bilan yillik o‘quv rejasi asosida “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” o‘tkazilib, yil yakunida ularning darslarni o‘zlashtirganlik darajasini baholash maqsadida sinov-imtihonlari qabul qilinishi belgilangan.
Shundan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy tuzilmalari va sohaviy xizmatlarida xizmat olib borayotgan barcha xodimlardan 2021 yil mobaynida o‘tkazilgan maʼnaviyat va maʼrifat darslarining mavzulari o‘zlashtirish darajasi va mavzularni konspekt qilinganliklari o‘rganildi.
Sinov imtihonlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari tomonidan adolatli va baholash mezonlariga asosan olib borildi.
Unda xodimlarning maʼnaviyat va maʼrifat darslarida faol qatnashganliklari eʼtiborga olinib, xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy va tarixiy bilimlari savollar orqali mustahkamlashga eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, xodimlarning sinovlardan muvaffaqqiyatli o‘tishida ichki ishlar vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘zbek va jaxon adabiyoti durdonalaridan iborat 39 ta kitobni mutolaa qilinganligi ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati