29 Noyabr 2021 yil 639

Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida kitobxon xodimlar soni ortib bormoqda  

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi o‘rtasida kitobxonlik keng targ‘ib etilmoqda. Chunki kitob - barcha bilim va muvaffaqiyatlarning kalitidir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shundan kelib chiqqan holda kitobxonlik targ‘iboti masalasiga Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Bu boradagi ishlar viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda.

U kitob o‘qib o‘z bilim va tafakkurini yuksaltirgan xotin-qizlar, nafaqat ichki ishlar organlari xizmati uchun foyda keltirishini, shu bilan birgalikda jamiyat va oila ravnaqi uchun ham juda muhimligini anglagan holda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Hayotingiz davomida o‘qigan eng yaxshi asar”, “Yoshlar va kitobxonlik madaniyati”, “Kitob – qalb gavhari, ko‘ngil oftobi» kabi mavzularda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, shuningdek, xalqimizning sevgan shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kechalar, qiziqarli tanlovlar, kutubxonalar bo‘ylab sayohatlar, kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etib kelmoqda.

Podpolkovnik D.Bog‘ibekova, mayor Yu.Hamdamova, kapitan N.Bekchanova, kapitan D.Iskandarov, katta leytenant Z.Axmedova kabi o‘nlab xodimlar  kitobxonlar  safidan munosib o‘rin egallashgan.

Viloyat IIB xizmat qilayotganlar bilan o‘tkaziladigan turli uchrashuv suhbatlarning aynan boshqarma kutubxonasida o‘tkazilayotganligi esa, suhbatlarning tarbiyaviy ahamiyatini yana-da oshirishi shubhasiz.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech