Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida “To‘maris jasorati va izdoshlari oyligi” o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirishbo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori ijrosini taʼminlash hamda ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlarni har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadryatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yana-da kuchaytirish maqsadida Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining farmoyishiga asosan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar bo‘lgan bir oylik muddatda “To‘maris jasorati va izdoshlari oyligi”deb eʼlon qilindi.
Shundan kelib chiqqan holda ayni kunlarda Xorazm viloyati ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida “To‘maris jasorati va izdoshlari oyligi” o‘tkazilmoqda.
Xususan tasdiqlangan dasturga asosan viloyat ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Sportning shashka-shaxmat, bandminton, 100 va 1000 metrga yugurish turlari bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur musobaqada barcha xotin-qizlar faol ishtirk etdilar.
O‘tkazilayotgan bu kabi musobaqalar ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarini talab darajasida saqlash va rivojlantirish imkonini berishi shubhasiz.
Musobaqa g‘oliblarini “To‘maris jasorati va izdoshlari oyligi” yakuni bo‘yicha taqdirlanishi belgilangan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati