7 Yanvar 2021 yil 723

Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining tarixi va bugungi faoliyatiga bag‘ishlab kitob yoziladi

Tarix, xotira uyg‘onsa go‘zaldir.

O‘tgan har bir kunimiz tarixga aylanadi. Uni esa shunchaki unutib yuborish mumkin emas.

Xorazm viloyati ichki ishlar organlari faoliyati ham qariyb 100 yillik tarixga ega. Bir asr davomida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarni fosh etish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida ancha ishlar  amal oshirilgan bo‘lib, bu yo‘lda esa ko‘plab insonlar o‘zlarining bor kuch va bilimlarini, kerak bo‘lsa jonini fido qilganlar.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan viloyat ichki ishlar organlarining shonli o‘tmishi va bugungi faoliyati to‘g‘risida kitob yaratishga kirishildi.

Bu yuzasidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan bugungi kunda tarixiy hujjatlarni to‘plash, o‘rganish va tahlil etish jarayoni davom etmoqda.

6 yanvar kuni ishchi guruh aʼzolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati ichki ishlar organlari faoliyatiga bag‘ishlangan mazkur kitobni Davlat Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida kitobxonlar eʼtiboriga havola qilish rejalashtirilgan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech