15 Mart 2022 yil 307

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Hazorasp tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini yaqindan o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda joylarda sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.

Bu borada Xorazm viloyati bo‘yicha 3-sektor rahbari,  viloyat IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul 2022 yilning 15 mart kuni Hazorasp tumanida o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan masʼul xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati va ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Viloyat IIB boshlig‘i sayyor qabul davomida shuningdek yoshlarning muammolarini o‘rganib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab oldi.

Batafsil o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilingan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

      Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech