Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Hazorasp tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2021 yilning 30 mart kuni Hazorasp tumanining eng chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Bo‘ston” mahallasida joylashgan “Madaniyat saroyi” binosida (karantin qoidalariga rioya qilingan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i D.Nazarmuxamedov va Hazorasp tumani Hokimining o‘rinbosari M.Eshchanov tomonidan sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati, ijtimoiy soha bilan bog‘liq hamda doimiy ishga joylashish masalalardan iborat bo‘ldi.
Shuningdek sayyor qabul doirasida tumanda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati