Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Хorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2020 yilning 15 dekabr kuni Qo‘shko‘pir tumanining “Oqdarband” mahallasida (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘i D.Nazarmuxamedov va Qo‘shko‘pir tumani Hokimi J.Rahimovlar ishtirokida sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Murojaatlar asosan ichki xo‘jalik yo‘llarini taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr energiya bilan uzluksiz taʼminlash, ishga joylashish, imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish, shuningdek ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Sayyor qabul doirasida mahalliy yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab olindi.
Shuningdek sayyor qabul jarayonida ijtimoiy himoyaga mujtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, bir nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati