2 Mart 2021 yil 776

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Urganch tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2021 yilning 2 mart kuni Urganch tumanining   “Munis Xorazmiy” mahallasida (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i D.Nazarmuxamedov va Urganch tumani Hokimi F.Sharipov ishtirokida sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati va ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabul doirasida mahalliy yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab olindi.

 Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech