Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining muammolarini yaqindan o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda joylarda davlat boshqaruvi organlarining masʼul xodimlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Bu borada Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Ana shunday sayyor qabullardan navbatdagisi Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Tohir Qazaqov tomonidan 2022 yilning 23 avgust kuni Qo‘shko‘pir tumanining “Chamanzor” mahallasida o‘tkazildi.
Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T.Qazaqov tomonidan Qo‘shko‘pir tumani Hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirokida mazkur sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Murojaatlar asosan ichki ishlar organlari faoliyati va ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi. Murojaatlarning aksariyatiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladiganlari esa nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati