1 Dekabr 2020 yil 822

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Urganch tumanida o‘tkazildi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida 2020 yilning 1 dekabr kuni Urganch tumani “Hajiboylar” mahallasida (karantin qoidalariga qilgan holda) sayyor qabul o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i D.Nazarmuxamedov va Urganch tumani Hokimi  F.Sharipovlar ishtirokida sayyor qabulda murojaat etgan fuqarolarning muammolari o‘rganilib, qonuniy hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Murojaatlar asosan ichki xo‘jalik yo‘llarini taʼmirlash, ichimlik suvi va elektr energiya bilan uzluksiz taʼminlash, ishga joylashish, imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish, shuningdek ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabul doirasida mahalliy yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilab olindi.

  Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech