11 Iyun 2022 yil 516

Xorazm viloyati IIB da navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” unutilmas onlarga boy bo‘ldi

Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Chunki, ichki ishlar organlari xodimlarini ona-Vatanga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan maʼnaviyatli va maʼrifatli qilib tarbiyalashda aynan “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari”ning o‘rni beqiyosdir.

Xorazm viloyati IIB da 11 iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” ham unutilmas onlarga boy bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki mashg‘ulot avvalida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan viloyat ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining maslahatchisi lavozimi joriy etilganligini hamda ushbu lavozimga ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi polkovnik A.R.Tojiyev tayinlanganligini shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazib o‘tdi.

Shuningdek polkovnik A.Imyaminov joriy yilning 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar tizimda “Intizom oyligi” eʼlon qilinganligini va ushbu oy davomida har bir xodim “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shioriga amal qilgan holda o‘zi va bo‘ysunuvidagi xodimlarga nisbatan shaxsiy talabchanlikni yana bir karra oshirishi lozimligini taʼkidlab o‘tdi.   

Shundan keyin Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarining farzandlariga hamda xizmat vaqtida xalok bo‘lgan xodimlarning va xizmat vaqtida og‘ir tan jarohati olgan xodimlarning farzandlariga Ichki ishlar Vazirining buyrug‘iga asosan berilgan oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma va taqdimnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o‘tamiz mazkur imtiyoz huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘lida xizmat o‘tash hayot uchun yuqori xatarga ega ekanligini inobatga olgan holda ichki ishlar organlari xodimlari va oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini yana-da kuchaytirish hamda maʼnaviy-ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida taʼsis etilgan.

 Shuningdek birinchi va navbatdagi maxsus unvonga loyiq ko‘rilgan bir guruh xodimlarga unvonlarning tantanali ravishda topshirilganligi ham “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi”da ishtirok etgan barcha shaxsiy tarkibning shijoatini yana-da oshirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Urganch shahar imomi X.Kenjayev tomonidan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” mavzusida va viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i mayor M.Bozorovning “Terrorizm va ekstremizmning ko‘rinishlari” mavzusida qilgan maʼruzalari xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini mustaxkamlash imkonini berdi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech