23 Yanvar 2023 yil 556

Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasida 2022 yil yakunlari bo‘yicha viloyatda huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshirish, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibi saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida aynan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining faoliyat natijalarini tahlil etish  bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot yig‘ilishida Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik J.Q.Sadullayev raislik qildi.

Yig‘ilishda Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik K.Adambayev 2022 yilda boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Shundan keyin xizmat faoliyatini tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarning hisobotlari tinglandi. Yil yakuniga ko‘ra salbiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi.

Yig‘ilish asosan tanqidiy va tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan bo‘lsada, 2022 yil davomida xizmat vazifalarini bajarishga vijdonan yondashib, hamkasblariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarning ijobiy yutuqlari ham eʼtirof etib o‘tildi.

Yig‘ilishda polkovnik J.Q.Sadullayev so‘zga chiqib, bugungi kunda asosiy vazifamiz jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ekanligini, shuningdek ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan, har bir xodimi tomonidan «Xalq manfaatlariga xizmat qilish»ni o‘z xizmat burchi deb biladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish lozimligini, buning uchun esa avvalo ularning intellektual va professional bilim darajasi, maʼnaviy-axloqiy saviyasini yuqori darajaga olib chiqish kerakligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida 2023 yilda viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech