Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirokida navbatdagi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining 2021 yil 8 yanvarda eʼlon qilingan “Viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida har xaftaning shanba kunlari kunlari boshqarmaga qarashli “Sport markazi”da sohaviy va hududiy tuzilmalarning shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari hamda farzandlarini jalb etgan holda turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur sport musobaqasida dastlab viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirok etgan bo‘lsalar, bu galgi musobaqada viloyat IIB Moliya va moddiy texnika taʼminoti boshqarmasi hamda Tashkiliy boshqarma shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari faol ishtirok etdilar.
Musobaqa har doimgidek ishtirokchilarning yoshi va jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sportning sakkiz turi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Musoqabada faol ishtirok etgan xodimlar va ularning oila aʼzolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati