13 Fevral 2021 yil 683

Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirokida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish, aholining jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan maqsadli va manzilli chora-tadbirlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining 2021 yil 8 yanvarda eʼlon qilingan “Viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ham yuqoridagi ishlarni yana-da samarali tashkil etishga qaratilgan.

Yuqoridagi buyruq asosida Xorazm viloyati IIB va uning quyi tuzilmalarida masʼul xodimlarga “Sport targ‘ibotchisi” vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, har xaftaning shanba kunlari boshqarmaga qarashli “Sport markazi”da sohaviy va hududiy tuzilmalarning shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari hamda farzandlarini jalb etgan holda turli sport musobaqalarini o‘tkazish belgilandi.

2021 yil 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan ilk sport musobaqasida viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Musobaqa ishtirokchilarning yoshi va jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda sportning sakkiz turi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Musoqabada xodimlar va ularning oila aʼzolari faol ishtirok etishdi va yakunda g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech