Xorazm viloyati IIB terma jamoasi musobaqada yaqqol peshqadam bo‘ldi
Xorazm viloyati “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida reja asosida turli sport musobaqalarini o‘tkazib keladi.
Sportning “Qo‘l jangi” turi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xizmat faoliyatida asosiy o‘rinni egallashidan kelib chiqqan holda, navbatdagi musobaqa sportning aynan shu turi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
2020 yilning 8-9 oktyabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Xorazm viloyati IIB, DXX viloyat boshqarmasi, viloyat Bojxona boshqarmasi va Milliy Gvardiya xarbiy qismi va Milliy Gvardiya huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi xizmatchilaridan iborat jami beshta terma jamoa vakillari o‘zaro kuch sinashdilar.
Xorazm viloyati IIB terma jamosi tarkibida gilamga chiqqan Bekzod Otajanov, Radik Yusupov, Temur Otajanov, Abduraxim Baxodirov, Temur Yusupov, Quvondik Yusupov, Lochin Yangiboyev, Ilxombek Qurombayevlar sakkiz vazn toifasida bo‘lib o‘tgan musobaqada 5 ta birinchi o‘rinni, 2 ta ikkinchi o‘rinni va 1 ta uchinchi o‘rinni egallab, umumjamoa hisobida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lishiga o‘zlarining samarali hissalarini qo‘shdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra Milliy gvardiya harbiy qismi va Milliy Gvardiya huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi terma jamoalari umumjamoa hisobida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati