30 Mart 2021 yil 694

Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida seminar-trening bo‘lib o‘tdi  

Bugungi kunda aholini koronavirus infeksiyasidan himoya qilish maqsadida ishlab chiqarilgan vaksinalarning dastlabki partiyasi mamlakatimizning barcha hududlariga yetkazib berildi.

Aholini vaksina bilan emlash jarayonida Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokor va hamshiralari ham faol ishtirok etishlari nazarda tutilgan.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari va hamshiralari ishtirokida vaksinalardan foydalanish tartibi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar vaksina va uning qo‘llanilishiga oid barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech