Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2021 yil 28 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bir guruh malakali xodimlari ishtirokida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar-yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yana-da oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV ning 2020 yil 14 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” va 2020 yil 24 dekabrdagi “Ichki ishlar organlarida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablarining ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Shuningdek IIV Tibbiyot boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan sog‘lom turmish tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanishning inson salomatligini asrashdagi ahamiyati haqidagi batafsil tushuntirishlar berildi.
Savol-javob tarzida o‘tgan seminar-yig‘ilishda soha mutaxassislari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati