16 Yanvar 2021 yil 652

Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlili  

Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan 2020 yil davomida xizmat ko‘rsatish hududidagi “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzelining Xorazm hududiga qarashli 30 ta korxona tashkilotlari, hamda 196 km masofadan iborat bo‘lgan temir yo‘llar atrofidagi 45 ta taʼlim muassasalari, 98 ta mahallalarga xizmat ko‘rsatildi.

Shuningdek vokzallar xamda temir yo‘l bekatlari orqali o‘tuvchi barcha yuk  va yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi tovar moddiy boyliklarning daxlsizligini va ularning talon-toroj qilinishini oldini olish  borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

Temir yo‘l korxonalarida ishchi-xizmatchilar tomonidan qonunbuzilish holatlarini oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida soxaviy xizmat xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruh  tomonidan temir yo‘l korxonalarida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 23 ta  taqdimnomalar kiritildi.

Bundan tashqari sodir etilishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha temir yo‘lning aholi zich joylashgan xududlarida har xaftaning chorshanba kunlari “Temir yo‘llarda xavfsiz kun”, payshanba kunlari “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar jarayonida temir yo‘l kesishmalarida poyezdlar bilan transport vositalarining to‘qnashuvlarini oldini olish maqsadida Xorazm viloyati IIB YHXB bilan hamkorlikda tayyorlangan videoroliklardan  maxallalar va korxona tashkilotlarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida keng foydalanildi.

Temir yo‘l atrofida joylashgan 1220 ta xonadonlarda “mahallabay” va “xonadonbay” tartibida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bu yuzasidan ommaviy axborot vositalarida 43 marotaba chiqishlar qilindi.

Piyodalar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida temir yo‘llarda muntazam ravishda reydlar o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu reydlar davomida temir yo‘l izlarini belgilanmagan joylardan kesib o‘tgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka oid bayonnomalar rasmiylashtirildi, bu esa o‘z navbatida temir yo‘l bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olishni taʼminladi.

Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi faoliyatini 2021 yilda yana-da samarali tashkil yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech