10 Sentyabr 2020 yil 1499

Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi tomonidan yana bir jinoyat fosh etildi

Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan ayni kunlarda “Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, boshqarma xodimlari tomonidan olingan maʼlumotlarga asosan, Urganch tumanida yashovchi, ilgari giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish jazoni o‘tab chiqqan, 1975 yilda tug‘ilgan, Sh.M.ning uyi 2020 yil 9 sentyabr kuni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, u o‘z uyining tomorqasida 9 tup “kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi. Kimyoviy ekspertizadan o‘tkazilganida, tarkibida giyovandlik vositalari bo‘lgan ushbu 9 tup “kannabis”ning og‘irligi bir kilogrammdan ortiq ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech