13 Yanvar 2022 yil 185

Xorazm viloyati IIB xodimlari o‘rtasida sportning “Jangovar sambo” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarni jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, sport turlarini ommalashtirish hamda jismonan baquvvat va sog‘lom xodimlarni shakllantirish maqsadida, shuningdek 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 11-13 yanvar kunlari viloyat IIB Sport markazida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Jangovar sambo” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Xorazm viloyati IIB va uning tarkibiy hamda hududiy tuzilmalarida xizmat qilib kelayotgan sportsevar xodimlardan tashkil topgan 16 ta jamoa aʼzolari gilamda 8 vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdilar. Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi mazkur musobaqa qiziqarli va hayojonli lahzalarga boy bo‘ldi. Yakunda esa omad har doimgidek kuchlilarga kulib boqdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. G‘oliblar yakkalik bahslari va umumjamoa hisobida aniqlandi.

Quyidagilar g‘oliblik shoxsupasidan joy oldilar:

58 kg vazn toifasida:

3-o‘rin       Shovot tumani IIB xodimi Shoxrux Abduraxmanov

2-o‘rin       Qo‘shko‘pir tumani IIB xodimi Shodlik Sapayev

1-o‘rin       Xiva shaxar IIB xodimi Qadamboy Qadamov

64 kg vazn toifasida:

3-o‘rin       11- Tergov hibsxonasi xodimi Otabek Sapayev

2-o‘rin       Xiva tumani IIB xodimi Azamat Jabbarov

1-o‘rin       Urganch tumani IIB xodimi Zaxriddin Saparov

71 kg vazn toifasida:

3-o‘rin       Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB xodimi Mansur Jumamuratov

2-o‘rin       Viloyat IIB xodimi Sardorbek Berdiyev

1-o‘rin       Viloyat IIB xodimi Doston Jumanazarov

79 kg vazn toifasida:

3-o‘rin       Urganch tumani IIB xodimi Bunyod Abduraxmanov

2-o‘rin       Yangibozor tuman IIB xodimi G‘ayratjon Ro‘zibayev

1-o‘rin       Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB xodimi Ravshan Rustamov

88 kg vazn toifasida:

3-o‘rin       Yangibozor tuman IIB xodimi Jayxunbek Matkarimov

2-o‘rin       Qo‘shko‘pir tumani IIB xodimi Temur Bobojonov

1-o‘rin       Shovot tumani IIB xodimi Quvondik Xudayberganov

98 kg vazn toifasida:

3-o‘rin       11-son Tergov xibisxonasi xodimi Ilxom Matyaqubov

2-o‘rin       Urganch tumani IIB xodimi Xolbek Normetov  

1-o‘rin       Bog‘ot tumani IIB xodimi Zokir Bakiyev

+98 kg vazn toifasinda:

3-o‘rin       Xonqa tumani IIB xodimi To‘lqin Xasanov

2-o‘rin       Yangibozor tuman IIB xodimi Qudrat Bazarbayev

1-o‘rin       Viloyat IIB xodimi Mo‘minjon Xudayberganov

Yakkalik bahslari natijalaridan kelib chiqqan holda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni Urganch shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2-o‘rinni Shovot tumani IIB va 1-o‘rinni Urganch tumani IIB terma jamoalari egalladilar.

G‘oliblar musobaqaning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech