1 Fevral 2021 yil 739

Xorazm viloyati IIB xodimlari uchun sayyor o‘quv kursi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining ko‘rsatmasi asosida ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta)  inspektorlarning xizmat faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sayyor o‘quv yig‘ini tashkil etildi. 

IIV Malaka oshirish institutining Xorazm filialida joriy yilning 1 fevral kunidan 5 fevral kuniga qadar davom etadigan mazkur sayyor o‘quv yig‘inida mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar hamda xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan.

Tashkil etilgan sayyor o‘quv yig‘ini uchun tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvaliga asosan, hozirgi kunda  Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektorlaridan 12 nafari bilim va kasbiy mahoratlarini mustahkamlash maqsadida xizmatdan ajratilgan holda qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etmoqdalar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech