30 Aprel 2022 yil 429

Xorazm viloyati IIB xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol qatnashdi

Bugun, yaʼni 30 aprel kuni mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi. Unda barcha  yurtdoshlarimiz qatori Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida tashkil etilgan mazkur umumxalq xayriya hashari qutlug‘ bayramlar arafasida yaxshi niyatlar bilan o‘tkazildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi bu yilgi hasharga o‘zgacha ruh bag‘ishladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatini, turfa gullar nihollarini o‘tqazish, chor-atrofni yana-da tartibli, toza, ozoda holga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Umumxalq xayriya hashari doirasida viloyatdagi barcha ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolari va ularga tutash hududlar atrofini tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.  

Qutlug‘ Ramazon ayyomi arafasida bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hashari xalqimiz mehr-oqibati,  birdamligi, ahilligini yana bir bor namoyon qildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech