18 Yanvar 2023 yil 538

Xorazm viloyati IIB “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi”ning yangi tarkibi tuzildi

Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan viloyat IIB tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor Sh.Ibragimov so‘zga chiqib, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilinishining axvoliga  to‘xtalib, bu boradagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi.

Shundan keyin Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik D.Bog‘ibekova O‘zbekiston Respublikasi IIV ning 2021 yil 24 sentyabrdagi  “Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi 348-son buyrug‘i bilan ishtirokchilarni tanishtirib, ushbu buyruq asosida viloyat IIB xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolarini yangidan saylash masalasi yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olganligini,  kengash tarkibini yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylashda barchani faol bo‘lishga chaqirdi.

Mazkur kengash ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar bilan ishlashni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishda munosib o‘rin ega ekanligi eslatib o‘tildi.

Yig‘ilish ishtirokchilarining takliflari va nomzodlarni qo‘llab bergan ovozlaridan kelib chiqqan holda boshqarma xotin-qizlar jamoatchilik kengashining yangi tarkibi tuzildi. Shuningdek yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi.

Maʼlumki bugungi kunda yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlik madaniyati ancha yuksalganligi xech kimga sir emas.

Shu jumladan ichki ishlar organlari xodimlari orasida ham kitobxonlikka qiziqish ortgan.

Shundan kelib chiqqan holda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning taklifini inobatga olgan holda Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan “Yoshlar kutubxonasi – bilim hazinasi” MCHJ ga qarashli kutubxonaga xodimlarining uyushgan holda tashrifi tashkil etildi.

Mazkur ziyo maskani 100 000 dan ortiq kitob fondiga ega bo‘lishi bilan birgalikda, kitobsevarlar uchun yaratilgan shart-sharoit va kitoblardan foydalanish imkoniyatining turlicha ekanligi bilan ham boshqa kutubxonalardan ajralib turadi.

Xorazm viloyati IIB va ushbu kutubxona o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan boshqarma xotin-qizlari kutubxona aʼzoligiga soddalashtirilgan tartibda aʼzo bo‘ldilar.

Shuningdek, xodimalar jaxon va o‘zbek adabiyotining eng sara durdonalari bo‘lgan kitoblarni oilaviy kutubxonalari uchun shu yerning o‘zida arzon narxlarda sotib oldilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech