5 Noyabr 2020 yil 856

Xorazm viloyati IIB yosh xodimlari “Avesto” muzeyida bo‘lishdi

Bundan 2700 yil ilgari Xorazm zaminida yashagan aholi eʼtiqod qilgan Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” nomi bilan ataluvchi Urganch shahridagi joylashgan muzeydagi eksponatlar orasida insonni hayratga soladiganlari anchagina.

Tarixshunos Komiljon aka Nurjonov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu muzeydan nafaqat Zardushtiylik dini yoki “Avesto” kitobi bilan bog‘liq maʼlumotlar va eksponatlar joy olgan, shu bilan birgalikda Xorazmning uzoq va yaqin o‘tmishi bilan bog‘liq eksponatlar ham juda ko‘p. Shuni alohida taʼkidlash joizki muzeydagi “Tosh qotgan daraxt” eksponati qadimiyligi bo‘yicha dunyoning taniqli muzeylaridagi eksponatlarning aksariyatidan ustun turadi.

Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan  yosh xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy, tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida 5 noyabr kuni “Avesto” muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Ichki ishlar organlari xodimlariga mazkur muzey tashkil etilishi, u yerda joylashgan har bir eksponatning tarixi va xalqimizning kundalik hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida tarixshunos Komiljon aka Nurjanovning shaxsan o‘zi tushuntirish berganligi xodimlarning tarix to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishi bilan birgalikda yosh xodimlarda ota-bobolarining ulug‘ xotirasi va Vataniga bo‘lgan hurmat hissini yana bir karra yuksaltirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech