Xorazm viloyatida aholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Davlat rahbarining topshirig‘iga binoan Milliy Gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh faoliyatini boshladi
Joriy yilning 7 fevraldan boshlab Milliy Gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Djurayev boshchiligidagi Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura va uning tuzilmalari rahbarlari, viloyat sektor boshliqlari hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh Xorazm viloyatida o‘z ishini boshladi.
Tadbirdan maqsad viloyat ijtimoiy infratuzilma obyektlarining sozligi, aholini gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va ichimlik suvi bilan taʼminlanganligi, isteʼmol bozorlaridagi narx-navo barqarorligi, hududdagi mahallalarda sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollarining hamkorlikda fuqarolarning muammolarini hal etish amaliyotini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish.
Shuningdek ishchi guruh tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni mahallabay jilovlash dasturlarining ijrosi, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahallada shakllantirilgan beshlikning hamkorlik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratiladi.
Idoralararo ishchi guruhning faoliyati yuzasidan kundalik axborot berib boriladi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati