Xorazm viloyatida “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi doirasida tadbirlar davom etmoqda
Respublikamiz hududida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ish faoliyati samaradorligini yana-da oshirish maqsadida joriy yilning 15 oktyabr kunidan boshlab “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Xorazm viloyati hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ichki ishlar organlarining patrul-post va jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan shug‘ullanuvchi sohaviy xizmatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yana-da kuchaytirilib, asosiy eʼtibor oila-turmush doirasidagi nizolarni oldini olish, bezorilik va o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir bo‘lishiga olib keluvchi omillarga chek qo‘yish, shuningdek yo‘llarda harakatlanishni namunali tarzda tashkil etish borasida aholi orasida keng miqiyosda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan ko‘plab nusxada tayyorlangan bukletlar aholi orasida keng tarqatilayotganligi, jamiyatda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bilan birgalikda aholining huquqiy bilimlarini oshirishda ham muhim rol o‘ynamoqda.
“Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi joriy yilning 15 noyabr kuniga qadar davom etadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati