Xorazm viloyatida ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
Xorazm viloyatida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Urganch shahrida joylashgan 53008-sonli harbiy qism bazasida tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kursida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari (Jinoyat qidiruv, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, Tergov, Patrul-post, Yo‘l harakati xavfsizligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Xavfsiz turizm taʼminlash va Transportda xavfsizlikni taʼminlash) shaxsiy tarkibi navbatdagi o‘quv yig‘inini tugatishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 1-27 fevral kunlari davomida ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kursida ishtirok etgan Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining 60 nafar xodimi o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin Urganch shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuzilgan patrullik guruhlari tarkibida ham faol xizmat olib bordilar.
O‘quv-amaliy kursini tugatgan xodimlarga sertifikatlar Xorazm viloyati IIB va 53008-sonli harbiy qism rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek o‘quv-amaliy kursi davomida jamoat tartibini saqlash tadbirlarida faol ishtirok etgan bir guruh xodimlar viloyat IIB boshlig‘ining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati