Xorazm viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklar keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinmoqda
Sodir etilgan har qanday jinoyat yoki huquqbuzarlik protsessual tartibda ko‘rib chiqilib, aybdor shaxslarning javobgarligi qonunda belgilangan tartibda qatʼiy amalga oshiriladi. Bu jarayon jazoning muqarrarligini taʼminlashning uzviy asosi hisoblanadi.
Jinoyat yoki huquqbuzarliklarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘rganish esa kelgusida bu turdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olishga qaratilgan eng samarali profilaktik chora-tadbirlardan biri hisoblanadi.
Shu bois Xorazm viloyatida sodir etilgan har bir jinoyat taalluqligi jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinadi. Hududiy ichki ishlar organlari, prokuratura va mahalliy hokimliklarning mutasaddi rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan muhokamalar jarayonida vaziyatdan kelib chiqqan holda jinoyat ishiga aloqador tomonlarning ham ishtiroki taʼminlanib, qonunbuzilishiga olib kelgan shart-sharoitlar batafsil o‘rganiladi.
Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat va huquqbuzarlik esa qatʼiy ravishda viloyat ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan mahalla faollari va kayvoni onaxonlar ishtirokida keng muhokama qilinmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati