17 Sentyabr 2022 yil 508

Xorazm viloyatida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan joriy yilning 10-sentyabr kunidan 10-oktyabr kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” deb eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur oylik doirasida Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida ham xodimlarning intellektual bilimini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotida qonun hujjatlarini to‘g‘ri sharhlash va undan foydalanish, shuningdek ularning kasbiy malakasi hamda ko‘nikmalarini yana-da shakllantirish, xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy salohiyati, umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, maʼnaviy qiyofasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini mustahkamlash, xodimlarning jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarni talab darajasida saqlash, yana-da rivojlantirish hamda maxsus vositalar, o‘q otar qurollar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan mohirona foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Xususan,  Gurlan va Bog‘ot tumani IIB da shaxsiy tarkib ishtirokida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini ham mazkur oylik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, bu kabi bellashuvlar o‘z  ishtirokchi xodimlar bilan birgalikda kuzatuvchi xodimlarning ham intellektual bilimini oshirish, ularning maʼnaviy-maʼrifiy salohiyati va umumiy dunyoqarashini yuksaltirishga imkon beradi.

Qo‘shko‘pir tumani IIB tashabbusi bilan mazkur oylik doirasida sportning “Futbol” turi bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqasi esa tizimda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va xodimlarning jismoniy faollligini oshirish borasida alohida ahamiyatga ega. Shunisi eʼtiborli, mazkur sport musobaqasiga tumandagi harbiy qism va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoalari ham ishtirokchi sifatida taklif etilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida idoralararo hamkorlikni yana-da samarali yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutishi shubhasiz.

Qizg‘in va murosasiz bo‘lgan bellashuvda barcha ishtirokchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar, yakunda tashkilotchilar va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech