24 Iyun 2022 yil 520

Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi

23 iyun kuni Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan profilaktik yo‘nalishdagi turli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, viloyat ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar hamda inspektor-psixologlar tomonidan mahallalarda, mehnat jamoalarida va taʼlim muassasalarida profilaktik hamda xafta davomida qayd etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar muhokamasiga oid uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi. Nizoli va ajrim yoqasiga kelgan oilalarni yarashtirish maqsadida o‘tkazilgan suhbatlar natijasida bir necha oilalarning yarashuvi taʼminlandi.

Uchrashuv va davra suhbatlarida mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillarining ishtirok etayotganligi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini yana-da oshirmoqda.

Shuningdek, ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan shaxslar, shu jumladan xotin-qizlarni doimiy ish bilan band qilish, masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, ish beruvchilar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilib, bir necha fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi.

Shuningdek xotin-qizlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda erta turmush qurishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech