Xorazm viloyatida “profilaktika kuni”da ov qurollarining saqlanish tartibi tekshirildi
Xorazm viloyatida “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida turli tezkor-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolar doimiy ravishda qurol va unga tegishli bo‘lgan o‘q-dorilarni saqlash tartibiga qatʼiy rioya etishlari shart, chunki bu boradagi har qanday beparvolik fojeali tarzda yakun topishi mumkin.
Havaskor ovchilarning bu boradagi masʼuliyatini oshirish maqsadida 2 iyul kuni “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida profilaktika inspektorlari viloyatdagi ov quroliga ega bo‘lgan barcha fuqarolarning xonadonlarida bo‘lishib, ular tomonidan ov quroli va unga tegishli bo‘lgan o‘q-dorilarning saqlanishini nazorat tartibida o‘rganib chiqishdi.
Qurol saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus xona va seyflarning belgilangan qoidalar asosida joylashuvi bilan birgalikda, maxsus ruxsatnomalarning amal qilish muddati ham tekshirildi. Bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan fuqarolar ogoxlantirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Рrofilaktik tadbir yuzasidan mehnat jamoalari va aholi orasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda, o‘qotar qurollarini noqonuniy tarzda saqlashning salbiy oqibatlari, shu bilan birgalikda noqonuniy saqlanayotgan turli o‘qotar qurollarni yoki ularning o‘q-dorilarini ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati