Xorazm viloyatida sodir etilgan jinoyatlar jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Xorazm viloyatida sodir qilingan har bir jinoyatning jamoatchilik ishtirokida muhokama etilayotgani kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab olish bilan birgalikda, fuqarolarda jinoyatchilikka qarshi murosasizlik ruhini shakllantirish borasida ham muhim o‘rin tutmoqda.
Joriy haftada Xorazm viloyatining Urganch tumanida sodir qilingan qotillik jinoyati shu hudud aholisi ishtirokida muhokama etilgan bo‘lsa, Urganch shahridagi tibbiyot muassasasi xodimi tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati esa aynan o‘sha mehnat jamoasi ishtirokida keng muhokama etildi.
Tuman sektor rahbarlari va viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan muhokama jarayonida mazkur jinoyatlarning sodir bo‘lishiga olib kelgan obyektiv va subyektiv omillar chuqur o‘rganildi. Masʼul mutasaddilarning bu boradagi hisobotlari tinglandi va kamchilikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati